XAEA bosh direktori O‘zbekistonga keldi — tashrifdan maqsad

Rafael Grossi Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Atom energiyasini rivojlantirish va undan foydalanish bo‘yicha xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi, deya xabar berdi “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati.
“Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligi bosh direktori ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga keldi”, — deyiladi xabarda.
Grossi “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va atom energiyasidan xavfsiz foydalanish strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan tadbirda Islom hamkorlik tashkiloti, Markaziy va Janubiy Osiyo, Rossiya, Yaqin Sharq mamlakatlari yetakchi mutaxassis va ekspertlari qatnashadi.
Tadbir 5-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Rostov O‘zbekistonga atom energetikasi sohasida yordam berishga tayyor