IUCNning Toshkentdagi vakolatxonasi butun Markaziy Osiyoga xizmat qiladi — Abduhakimov

O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining vakolatxonasi ish boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP16 konferensiyasi doirasida mezbon davlat shartnomasini imzolash va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkentda vakolatxonasini tashkil etish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Predstavitelstvo MSOP v Uzbekistane ofitsialno nachinayet svoyu rabotu
Hujjatni ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va IUCN bosh direktori Gretel Agilar imzoladi.

“Toshkentda ofisning tashkil etilishi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonaman. Ekologik muammolar chegara bilmaydi, bu esa kuchlarni birlashtirish va transchegaraviy hamkorlik muhim ekanligini anglatadi. IUCNning Toshkentdagi vakolatxonasi nafaqat O‘zbekistonga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga xizmat qilib, tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishidan mamnunmiz”, — dedi vazir Aziz Abduhakimov.

Respublika IUCNga 2021-yilda a’zo bo‘ldi. Hujjat davlat organlari bilan yanada samarali hamkorlikni ta’minlaydi hamda IUCNning O‘zbekiston va mintaqani tizimli va samarali rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini qo‘llab-quvvatlaydi.

“Biz O‘zbekiston bilan hamkorligimizni mustahkamlaydigan hamda mamlakatda va butun Markaziy Osiyoda atrof-muhit va iqlim bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarga asos soladigan ushbu muhim voqeadan mamnunmiz, – dedi IUCN bosh direktori Gretel Agilar.

Qayd etilishicha, IUCN va Ekologiya vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik samarali sa’y-harakatlarga yo‘l ochadi. Hamkorlik loyihalari qatoriga IUCN, Global ekologik fond (GEF) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda boshlangan IUCNMintaqaviy yagona sog‘liqni saqlash tashabbusi hamda Landshaftlar va yerlarni tiklash loyihasi kiradi.
Predstavitelstvo MSOP v Uzbekistane ofitsialno nachinayet svoyu rabotu
Yaqin kelajakda GEF va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va alohida qimmatli landshaftlarni tiklashni kompleks boshqarish loyihasini ishga tushirish orqali hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu loyihalar dolzarb ekologik muammolarni hal qiladi va insoniyat va tabiat manfaati uchun innovatsion, keng ko‘lamli yechimlarni ro‘yobga chiqaradi.