TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Toshkent shahrida 1224 ta axborot plansheti o‘rnatildi, deya xabar berdi poyxtaxt hokimligi matbuot xizmati.
Aytilishicha, poytaxtda joylashgan 907 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi va 317 ta mahalla idorasi binosiga foydali ma’lumotlar aks etgan planshetlar o‘rnatildi.
Ushbu planshetlarda quyidagi ma’lumotlar mavjud:
mahalla xaritasi;
mahalladagi chiqindi yig‘ish maydonchalari joylashuvi;
sektor rahbari, mahalla raisi va hududga biriktirilgan mas’ullarning telefon raqamlari;
mahallaning pasporti;
"Maxsustrans" avtomobili haydovchisining aloqa raqamlari va kelib ketish vaqti.
Agar mahallaga mas’ul rahbarning ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lsa, planshet "Maxsustrans" DUK tomonidan yangilanadi.