TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray tumanida tunu kun faoliyat yuritadigan “Yoshlar saylgohi” tashkil etilmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Aytilishicha, “Yoshlar saylgohi” majmuasini barpo etish loyihasi “Tashabbusli budjet” tadbirlarini moliyalashtirish bo‘yicha g‘olib deb topilgan. Uning qiymati 1 milliard 360 million so‘mga teng.
“2024 yil 2 mavsumda “Tashabbusli budjet” tadbirlarini moliyalashtirish bo‘yicha g‘olib deb, topilgan Qibray tumanida qiymati 1 milliard 360 million so‘m ajratilib, “Yoshlar saylgohi” majmuasini barpo etish belgilandi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur loyihani amalga oshirishda viloyat hokimining tegishli qarori bilan “Sohibkor” MFY hududidan 0,60 gektar yer maydoni ajratildi.
V Kibrayskom rayone organizuyetsya rabotayushiy v kruglosutochnom rejime "Molodojniy prospekt"
© Xokimiyat Tashkentskoy oblasti
“Saylgohga 1000 nafarga yaqin yoshlar qamrab olinishi reja qilingan. Kechayu kunduz faoliyat yuritadigan majmuada “Kovorking”, “karaoke klubi”, “kibersport” kabi loyihalar jamlanadi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Ko‘ngilochar, turizm va san’at yo‘nalishlariga ixtisoslashgan savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham bo‘ladi.