TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari qo‘mondonlik yolg‘onlari va dezertirlar to‘lqinidan shikoyat qilishd. Bu haqda RIA Novosti xorij OAVga tayanib xabar berdi.
“Biz Ugledarga avtomatlar bilan yetib keldik, ular u yerda 150 ta tank bo‘lishini aytishdi, ammo ularning soni 20 ta edi, shuningdek, hech qanday himoyasiz”, — dedi ukrainalik harbiylar jurnalistlarga.
Materialda Ukraina Qurolli kuchlarining yuzlab askarlari qurol-yarog‘ yo‘qligi sababli Ugledarda joylashgan Ukraina bo‘linmasidan qochib ketgani aytilgan. Kuzatuvchilar, shuningdek, joriy yilning o‘n oyida Ukraina armiyasidan oldingi mojarolarga qaraganda ko‘proq odam qochganini ta’kidladi.