Buxorodagi mahalla “etnoturizm qishlog‘i” maqomini oldi — rejalar va amalga oshirilgan ishlar

Shirin mahallasida 20 dan ortiq mehmon uyi va hunarmandchilik markazlari tashkil etildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Buxoro viloyatining Vobkent tumanida joylashgan Shirin mahallasiga “Shirin etnoturizm qishlog‘i” maqomi berildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Shirin turizm qishlog‘ida tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan quyidagilar tashkil etildi:
20 tadan ortiq mehmon uyi;
10 taga yaqin hunarmandchilik markazi;
20 tadan ortiq savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchasi;
30 taga yaqin baliqchilik, halvopazlik, sho‘rdanak tayyorlash kabi xizmatlar;
xorijiy hamda mahalliy sayyohlar uchun Wi-Fi nuqtalari.
Maxalle Shirin v Buxarskoy oblasti prisvoyen status "etnoturisticheskoy derevni"
Aytilishicha, bu orqali 300 nafar kishini ish bilan band qilish imkoniyati yaratilmoqda. Mahallada, shuningdek, "Shirin etno house" markazi va hunarmandlar markazi faoliyatini rivojlantirish rejalashtirilgan.
Maxalle Shirin v Buxarskoy oblasti prisvoyen status "etnoturisticheskoy derevni"
Quyidagi udumlar ham maromiga yetkaziladi:
qadimiy sandal uylar, dehqonchilik asbob-anjomlari tayyorlash;
ot va tuyada sayr qilish;
qadimiy tosh tegirmon ishi;
asalarichilik, sho‘rdanak va milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlari tayyorlash.