TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari aerodromlari infratuzilmasiga hujum qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari qo‘shinlari guruhlarining uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa kuchlari va artilleriyasi harbiy aerodromlar infratuzilmasiga, Ukraina harbiy-sanoat kompleksining ishlashini ta’minlovchi energetika obyektlariga, shuningdek, 132 ta hududda dushmanning ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarar yetkazdi”, — deyiladi maxsus harbiy operatsiyaning borishi haqidagi hisobotda.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari uzoq masofali boshqariladigan "Neptun" raketasini, HIMARS va 45 ta samolyot tipidagi dronlarni urib tushirdi.
Rossiya qo‘shinlari guruhlari harbiy harakatlarni davom ettirmoqda. Ukraina Qurolli kuchlarining barcha yo‘nalishlarda bir kunlik jami yo‘qotishlari 1500 kishidan oshdi.