TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Buxoro viloyatida hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan Buxoro viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, investitsiya va ish o‘rinlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlari mavjud salohiyatga mos emasligi aytildi. Investitsiyalarni o‘zlashtirish, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish borasidagi ishlar qoniqarsizligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe viavleniyu dopolnitelnix vozmojnostey, uvelicheniyu investitsiy i rabochix mest v Buxarskoy oblasti.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ta’kidlanishicha, shu bois hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tadi. Butun e’tibor shu uchta yo‘nalishni yaxshilashga qaratiladi. Xususan, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari asosida 70 ta drayver loyihani amalga oshirib, 150 ming odamni daromadli qilish, 40 ming kishini kambag‘allikdan chiqarish lozim.
Qayd etilishicha, viloyatning har bir hududini sanoatning muayan tarmog‘iga, masalan, Peshku va Shofirkon tumanlarini qurilish materiallari hamda to‘qimachilikka, Kogon shahri, Olot va Jondor oziq-ovqat, G‘ijduvon va Romitanni kimyo sanoatiga ixtisoslashtirish kerak. Bu tadbirkorlarning 150 million dollarlik loyihalariga yo‘l ochadi. Buning samarasida 411 ta kichik korxona, 12 mingta ish o‘rni paydo bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe viavleniyu dopolnitelnix vozmojnostey, uvelicheniyu investitsiy i rabochix mest v Buxarskoy oblasti.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Kelgusi yil Buxoroda xorijiy turistlar soni 2,2 millionga, turizm eksporti 600 million dollarga yetishi kutilmoqda. 69 ta yangi mehmonxona, 2 mingta hunarmandchilik rasta va do‘konlari barpo etilishi bunga katta hissa qo‘shadi.
Qo‘shimcha 20 ming gektar yer maydonlarini o‘zlashtirish mo‘ljallangan. Buning hisobiga qo‘shimcha 100 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi va 2 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi. Tomorqalar, dala cheti va kanallar atrofidagi bo‘sh yerlarda ham qo‘shimcha daraxt va oziq-ovqat mahsulotlari ekiladi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe viavleniyu dopolnitelnix vozmojnostey, uvelicheniyu investitsiy i rabochix mest v Buxarskoy oblasti.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yig‘ilishda Buxoro viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi. Umuman, kelgusi yilda 2 milliard dollarlik xorijiy investitsiya hisobiga 106 ta loyihani amalga oshirish mo‘ljallangani aytildi. Ularda 105 mingta doimiy ish o‘rni yaratiladi, 350 million dollar eksport bo‘ladi.
Davlat rahbari bu rejalar viloyat uchun yetarli emasligini ta’kidlab, sa’y-harakat va natijalarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Takliflarni yana bir bor ko‘rib chiqib, qaror loyihasini kiritish topshirildi.