O‘zbekiston va YeOII

YeIK: Armaniston va Rossiyaga olib kiriladigan sariyog‘ uchun tarif imtiyozlari berildi

Tarif imtiyozlari Armaniston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan taqdirda taqdim etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi Armanistonga 2 ming tonnadan va Rossiyaga 25 ming tonnadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda olib kiriladigan sariyog‘ uchun import bojxona to‘lovlaridan ozod qilish ko‘rinishidagi tarif imtiyozlarini taqdim etishga qaror qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Bojxona tarifini tartibga solishning ushbu chorasi hujjat kuchga kirgan kundan boshlab 2025-yil 15-iyungacha amal qiladi.
“Ushbu choraning joriy etilishi narxlarning oshishiga chek qo‘yish va tanqislikka yo‘l qo‘ymaslik uchun ichki bozorda qo‘shimcha sariyog‘ yetkazib berishni ta’minlash uchun zarur. Yetkazib berilayotgan yog‘dan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham, chakana savdoda sotishda ham foydalanish mumkin”, — dedi YeIK savdo vaziri Andrey Slepnev.
U qaror boshqa sut mahsulotlari ishlab chiqarishga zarar yetkazmagan holda qisqa muddatda talab va taklif muvozanatini ta’minlashini alohida ta’kidladi. Import, xususan, Eron va Hindistondan amalga oshirilishi mumkin.
Tarif imtiyozlari Armaniston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan taqdirda taqdim etiladi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston va YeOII
Qaysi mamlakatlarning ishbilarmonlik faolligi oshmoqda — YeIK javobi