TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Samarqandda Rossiya Federal monopoliyaga qarshi xizmati rahbari Maksim Shaskolskiy va O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Xalilillo To‘raxo‘jayev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbatdoshlar boshqarmalar faoliyatining umumiy yo‘nalishlari – raqamli bozorlarni rivojlantirish sharoitida monopoliyaga qarshi qonunchilikni takomillashtirish, bozorlar faoliyatini monitoring qilish, ijtimoiy ahamiyatga ega bozorlarda narx barqarorligini saqlash zarurligini ta’kidladilar.
To‘raxo‘jayev mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik va ilg‘or tajriba almashish muhimligini ta’kidladi va boshqarmalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yuqori baholadi.
O‘zbekiston monopoliyaga qarshi organ rahbari Qozon shahridagi FAS Rossiya o‘quv-metodik markazi negizida qo‘mita xodimlarini muntazam ravishda o‘qitish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv yakunida Maksim Shaskolskiy kelgusi yilda o‘zbekistonlik hamkasblarini Qozon shahridagi Rossiya Monopoliyaga qarshi xizmati tibbiyot markazida farmatsevtika bozorlarini monopoliyaga qarshi tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida, shuningdek, Monopoliyaga qarshi qo‘mitaning Moskvada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishga taklif qildi.