“Shimoliy oqim” gaz quvurlari portlaganidan ikki yildan ko‘proq vaqt o‘tdi, biroq u nafaqat energetika sohasida, balki geosiyosiy o‘yinlarda ham eng muhim omil bo‘lib qolmoqda. The Wall Street Journal gazetasi amerikalik investor Stiven Linchdan AQShning Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasiga (OFAS) “Shimoliy oqim” quvuri infratuzilmasini sotib olishga ruxsat so‘ragani haqida yozmoqda.
Agar Monte Valle Partners sanksiyalar ostidagi aktivlarni sotib olsa, Qo‘shma Shtatlar "qazib olinadigan yoqilg‘i davrining oxirigacha Yevropa energiya ta’minoti ustidan nazorat o‘rnatish" imkoniga ega bo‘ladi, deb yozadi nashr.
Ha ana shunday oddiy yo‘l bilan AQSh o‘zining Yevropalik hamkorlarining “gaz jo‘mragini” qo‘lga kiritmoqchi. Ya’ni biz shu vaqtgacha eshitib kelgan, “Rossiya gazi bu yomon, bu geosiyosiy shantaj elementi”, lekin xuddi shu gazni AQSh yetkazib bersa – bu juda yaxshi, chunki bu Yevropaning okean ortidagi xo‘jayinlariga mo‘maygina daromad keltiradi.
Linchning ushbu tashabbusi Amerika haqidagi haqiqatni yana bir bor tasdiqlaydi — AQSh uchun hamma narsa biznes, hamma narsa pul topish manbaidir — urush ham, butun dunyoga Amerika qadriyatlarini singdirishga urunish ham.
Gap shundaki, 2023-yilning qishida gaz quvurlari operatori Nord Stream 2 AG bankrotlik jarayoniga kirishgan va Shveysariyaning Transliq AG kompaniyasi tashqi (inqiroz) menejeri etib tayinlangan edi. Jarayon doirasida operator kreditlarini to‘lashga bir necha bor moratoriy joriy etilgan bo‘lib, oxirgisi 2025-yil 10-yanvargacha amal qiladi.
Gap shundaki, 2023-yilning qishida gaz quvurlari operatori Nord Stream 2 AG bankrotlik jarayoniga kirishgan va Shveysariyaning Transliq AG kompaniyasi tashqi (inqiroz) menejeri etib tayinlangan edi. Jarayon doirasida operator kreditlarini to‘lashga bir necha bor moratoriy joriy etilgan bo‘lib, oxirgisi 2025-yil 10-yanvargacha amal qiladi.
Linchning Amerika geosiyosiy manfaatlarining targ‘ibotchisi va investori sifatida strategiyasi oddiy. Agar yanvarda moratoriy uzaytirilmasa, kreditorlar oldidagi qarzlarni to‘lash uchun kompaniya mulkini sotishga tayyorgarlik boshlanadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Shimoliy oqim 2” quvuri va uni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasining hozirgi qiymati 11 milliard dollarni tashkil etadi. Linch AQSh sanksiyalari ostidagi quvurni sotib olishga tayyorlar ko‘p bo‘lmasligiga ishonadi. Aniqrog‘i, agar OFAS unga indulgensiya bersa, uning kompaniyasi yagona ishtirokchi bo‘lishi mumkin. Shu bois, Linchning yozishicha, katta ehtimol bilan Nord Stream 2ni atigi 700 million dollarga sotib olish mumkin.
OFAS ikkilanmasligi uchun u gaz quvurini AQSh-Yevropa konsorsiumi boshqarishini va Ukrainaga ham kichik ulush ajratishni taklif qilmoqda. Ehtimol bu g‘oya Vashingtonga ham ma’qul kelar va ular ham bunga hissa qo‘shishi mumkin.
Bitimning yana bir jihati — yuridik nuqtayi nazardan, bunday hiyla gaz quvurini Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan cheklovlaridan ham ozod qilishi mumkin, chunki gaz yetkazib beruvchi va quvur operatori mutlaqo boshqa kompaniyalar bo‘ladi.
Bitimning yana bir jihati — yuridik nuqtayi nazardan, bunday hiyla gaz quvurini Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan cheklovlaridan ham ozod qilishi mumkin, chunki gaz yetkazib beruvchi va quvur operatori mutlaqo boshqa kompaniyalar bo‘ladi.
Xat oxirida Stiven Linch to‘g‘ridan-to‘g‘ri shimoliy yo‘nalish bo‘yicha kelajakdagi barcha gaz tranziti Vashington ruxsati bilan amalga oshirilishini ochiq aytadi. Bu esa ushbu jinoiy pyesada Yevropaning roli qanchalik sust ekaniga ishora qiladi.
Linch va uning Monte Valle Partners Rossiyadagi biznes sharoitlarini juda yaxshi biladi. Kompaniyaning Moskvada vakolatxonasi bor va bir necha bor Rossiyaning yirik aktivlarini sotib olish bilan bog‘liq operatsiyalarda ishtirok etgan. Misol uchun, bir vaqtning o‘zida ular Gollandiyadagi YuKOS sho‘ba korxonasini sotib olishdi, Lenta gipermarketlari tarmog‘idagi katta ulushni sotib olishga harakat qilishdi va maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng ular Sberbankning Shveysariyadagi sho‘’ba korxonasining 10%ni sotib olishdi. Linch rasman firibgarlikda ayblangan edi, ammo London sudi ayyor amerikalikni butunlay oqladi.
OFAS sanksiyalar ostidagi aktivlarni sotib olishga ruxsat beradimi yo‘qmi, bu yanvar oyidan oldin ma’lum bo‘ladi. Agar Boltiqbo‘yi gaz quvurlari ustidan AQSh nazorati o‘rnatilsa, Vashington ko‘k yoqilg‘isiz iqtisodiy inqirozga botib borayotgan Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritadi.
Lekin bu yerda asosiy masala — gaz yetkazib beruvchining xohishi bo‘lib qolmoqda. Chunki quvurlar Ust-Lugani tark etgani yo‘q. Bu quvurga boshqa joydan gaz olish imkoni ham yo‘q.
Ya’ni amerikalik ishbilarmon negadir “Gazprom” timsolida Rossiya bilan kelishuvga erishishga ishonchi komil. Demak Rossiya yana xom ashyo ta’minotchisi roliga ega bo‘ladi, lekin asosiy boshqaruv kaliti Vashington qo‘lida bo‘ladi. Aynan ular iste’molchiga ham yetkazib beruvchiga ham shartlarini o‘tkaza oladi.
Bu sxema kundek ravshan, lekin bunday noqulay shartlarni qabul qilishga Moskvani nima majmul qilishi aniq emas. Kimdir yo Trampning diplomatik qobiliyatlarini yoki Kremlning yon berishga tayyorligini haddan ortiq baholamoqda.