MDH davlatlari hukumat rahbarlarining uchrashuvi sanasi va joyi ma’lum bo‘ldi

MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi dekabr oyida Moskvada bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Shu yilning 12-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari hukumat rahbarlari kengashi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining MDHdagi doimiy vakili Andrey Grozov jurnalistlarga ma’lum qildi.
Andrey Grozovning so‘zlariga ko‘ra, Minskdagi MDH shtab-kvartirasida MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilish kun tartibi muhokama qilindi.
“MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi 12-dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi”, — dedi Andrey Grozov.
MDH Hukumat rahbarlari kengashi yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Ishtirokchilar Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishadi.