TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bojxona qo‘mitasida Rossiya Federal bojxona xizmat rahbari Valeriy Pikalov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
V Tashkente sostoyalas vstrecha rukovoditeley tamojennix slujb Uzbekistana i Rossii
© Tamojenniy komitet
Ikki tomonlama uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tashqi savdo yuklari uchun joriy qilingan "Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi" tamoyilini yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Tomonlar bir-birlarining vakolatli iqtisodiy operatorlari uchun nazarda tutilgan qulayliklar va yengilliklarni keng miqyosda tatbiq etish, bojxona laboratoriyalari tomonidan o‘tkaziladigan ekspertiza jarayonlarini metodologik jihatdan muvofiqlashtirish, kinologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
V Tashkente sostoyalas vstrecha rukovoditeley tamojennix slujb Uzbekistana i Rossii
© Tamojenniy komitet
Rossiya bojxona xizmati delegatsiyasi Bojxona rasmiylashtiruvi markazi va Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
“O‘zbekistonda bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish va tartibotlarni soddalashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan natijalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi”, — deyiladi xabarda.
Delegatsiya a’zolari Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Yallama” chegara bojxona postida bo‘lishdi.
Glava FTS Rossii Valeriy Pikalov pribil s rabochim vizitom v Uzbekistan
© Tamojenniy komitet
Aytilishicha, “Aqlli bojxona” tamoyili ostida faoliyat yuritayotgan mazkur bojxona posti kengaytirilib, yo‘laklar soni oshirildi. Post bojxona nazoratining zamonaviy texnik vositalari, so‘nggi rusumdagi yirik inspeksion ko‘rik majmuasi bilan ta’minlangan. Natijada nazoratdan o‘tkazish imkoniyatlari kengayib, har bir avtotransport vositasining bojxona nazorati uchun sarflanayotgan vaqt o‘rtacha 40 daqiqadan 15 daqiqagacha qisqardi.
Glava FTS Rossii Valeriy Pikalov pribil s rabochim vizitom v Uzbekistan
© Tamojenniy komitet
Postda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda Jahon bojxona tashkilotining “Konteynerda tashuvlar ustidan nazorat” Global dasturi doirasida “Port nazorati” guruhi faoliyat yuritmoqda. Post orqali tranzit yuklar uchun “eTIR: Yashil yo‘lak” loyihasi doirasida TIR-karnet kitobchalari asosida tashuvlarni elektron rasmiylashtirgan yuk avtotransport vositalari uchun alohida yo‘lak tashkil qilindi.
Glava FTS Rossii Valeriy Pikalov pribil s rabochim vizitom v Uzbekistan
© Tamojenniy komitet
So‘nggi sutkada post orqali kuniga 1500 ga yaqin avtotransport vositalari harakatlandi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilning 2-dekabrida Samarqand shahrida ikkala davlat bojxona xizmati rahbarlari O‘zbekiston va Rossiyada bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida bitim imzolashgan. Hozirda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Rossiyadagi vakili o‘z faoliyatini muvafaqqiyatli tarzda davom ettirmoqda.