TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Kelasi yilda Namangan viloyatiga 4 milliard 200 million dollar investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda Namangan iqtisodiyotining qo‘shimcha imkoniyatlari tahlil qilindi.
Proanalizirovani dopolnitelnie vozmojnosti ekonomiki Namangana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘tgan 10 oyda viloyatda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
681 ta loyiha bajarilib, 21 mingta ish o‘rni yaratilgan;
21 trillion so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarilib, 702 million dollarlik eksport qilingan;
yil yakunigacha viloyat iqtisodiyoti 8 foiz o‘sishi kutilmoqda.
Aytilishicha, Namangan viloyatida 527 million dollarlik 182 ta yangi loyiha imkoniyati aniqlangan.
“Masalan, Namangan shahri Barkamol avlod mahallasidagi kichik sanoat zonasi kengaytirilsa, 60 million dollarlik charm-poyabzal loyihasini joylashtirish mumkin. Mingbuloqdagi “Namangan” massivida shunday zona tashkil qilinsa, 25 million dollarlik sanoat loyihalariga sharoit bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Poplik tadbirkor xorijlik hamkorlar bilan 80 million dollar sarmoya kiritib, yiliga 1,8 million tonna flyuorit toshini qayta ishlash taklifini bergan. Natijada 200 ta ish o‘rni, 70 million dollar eksport imkoniyati paydo bo‘ladi.
Yana bir korxona 40 million dollar investitsiya kiritib, 5 ming gektarda dorivor o‘simlik yetishtirish, qandolat ishlab chiqarish va turizm maskani tashkil qilish istagini bildirgan.
Yig‘ilishda quyidagilar ma’lum qilindi:
Pop tumanidagi sizot suvi yaqin yerlarda sholi, g‘alla, dorivor va ozuqabop ekinlar, Norin tumanidagi meliorativ tik quduqlar atrofida baliq yetishtirish mumkin.
Chorkesar, Zarkent va Isparon hududlarida sug‘orish yaxshilanib, chorvadorlarga yer ajratilsa, 100 ming bosh qoramol va echki boqish imkoni bor.
Yangiqo‘rg‘onda Qishloq xo‘jaligi texnikumi tashkil etilib, kartoshkachilik markazi bilan dual ta’lim yo‘lga qo‘yilishi ham malakali mutaxassislar, ham asosiy oziq mahsuloti tayyorlashga xizmat qiladi. Asalarichilik xo‘jaliklari bilan kooperatsiya orqali xonadonlarda asalari boqib, ularni qo‘shimcha daromadli qilsa bo‘ladi.
Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi.
“2025 yilda Namangan viloyatiga 4 milliard 200 million dollar investitsiya olib kelish, 34 ming ish o‘rni yaratish va 1 milliard dollar eksport qilish mo‘ljallangan”, —deyiladi xabarda.
Shuyil yakunida kambag‘allik darajasini 8 foizdan ham pasaytirish rejlashtirilgan.
2025 yilda 78 ming nafar aholini kambag‘allikdan chiqarib, bu ko‘rsatkichni 5,3 foizga tushirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, chet elda mehnat migratsiyasida bo‘lgan 100 mingga yaqin kishini O‘zbekistonda ish bilan ta’minlash maqsad qilingan.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, viloyat iqtisodiyotini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishga ko‘rsatma berdi.