Matbuot markazi

Anons: O‘zbekiston va Volgograd viloyati o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etiladi

Sputnik O‘zbekiston matbuot markazining navbatdagi matbuot anjumani mehmonlari Volgograd viloyatidan kelgan ishbilarmonlar bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. 28 noyabr kuni soat 11:00 da Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida navbatdagi matbuot anjdumani bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etiladi.
Ishtirokchilar:
"Volgograd viloyati eksportini qo‘llab-quvvatlash markazi" ANT direktori Viktoriya Afanasova;
Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyati Iqtisodiy siyosat va rivojlanish qo‘mitasining turizmni rivojlantirish, xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi Yelena Popova.
So‘nggi paytlarda Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan O‘zbekistonga kelayotgan ishbilarmonlik missiyalari soni sezilarli darajada oshgani ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Matbuot anjumanida quyidagi savollarga javob beriladi: Volgograd kompaniyalari nimalar bilan tashrif buyurdi? Hamkorlik uchun qanday yangi imkoniyatlar bor?