TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatida qilinayotgan ishlar va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar haqida axborot berildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat sanoatida avtomobilsozlik ulushi 10 foizni tashkil etadi. O‘tgan o‘n oyda 338 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. 1 ming 400 turdagi butlovchi qismlar mahalliylashtirilgan. Iqtisodiy choralar natijasida sohada tannarx 4 foiz kamaygan. Eksport 455 million dollar bo‘lgan.
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi oldindagi rejalar va vazifalar yuzasidan axborot berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatida qilinayotgan ishlar va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar haqida axborot berildi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Aytilishicha, kelasi yil 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni 700 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.
“Hududiy korxonalar bilan kooperatsiyani kuchaytirib, mahalliylashtirishni oshirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, 700 ta detalni o‘zlashtirish bo‘yicha 325 million dollarlik 63 ta loyiha amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o provodimoy rabote v avtomobilnoy promishlennosti i planax na 2025 god.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Kooperatsiya asosida mahalliy korxonalarga buyurtmalarni shakllantirish vazifasi qo‘yildi.