TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Sankt-Peterburgda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko hamda Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi, deya xabar berdi O‘zbekiston yuqori palatasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, uchrashuvlarda Matviyenko hamda Ashimbayev Narbayevani Senat raisi lavozimiga saylangani bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
"Muloqot chog‘ida O‘zbekiston parlamenti bilan aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, hududiy vakillik organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga e’tibor qaratildi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi kun tartibidagi muhim vazifalar ijrosi hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
V ramkax vizita Predsedatel Senata provela vstrechi s rukovoditelyami palat parlamentov Kazaxstana i Rossii
© Senat Oliy Majlisa
Federatsiya Kengashi raisi o‘z so‘zida MDH PA platformasidagi o‘zbekistonlik parlamentariylarning an’anaviy faolligini alohida qayd etdi.
V ramkax vizita Predsedatel Senata provela vstrechi s rukovoditelyami palat parlamentov Kazaxstana i Rossii
© Senat Oliy Majlisa
Tanzila Narboyeva Parlamentlararo assambleya tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilganini aytib, O‘zbekiston tomoni ko‘p tomonlama tashabbuslarni, jumladan, “Xotira poyezdi” madaniy-ma’rifiy loyihasini samarali amalga oshirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, u parlament a’zolarini mamlakatlar va mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida imzolangan ikki tomonlama shartnomalarni ko‘rib chiqishni taklif qildi.