Minskda MDH mamlakatlari Doimiy vakillari uchrashadi — tafsilotlar

Kengash ishtirokchilari 7 ta masalani ko‘rib chiqishadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Minsk shahrida 28-noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari Doimiy vakillari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ishtirokchilar 7 ta masalani ko‘rib chiqishadi. MDHga a’zo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining 2020–2023 yillardagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotni eshitiladi.
MDHga a’zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik bo‘yicha kengashining 2019–2023 yillardagi faoliyatini tahlil qiladi. Ishtirokchilar MDH Delfi o‘yinlari va 2030-yilgacha bo‘lgan davrda loyihani amalga oshirish istiqbollari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishadi.
Qolaversa, yig‘ilishda 2025-yil 26-yanvarda bo‘lib o‘tadigan Belarus Respublikasi prezidenti saylovida MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari nomzodini kelishib olinadi.