Kamchatka o‘lkasi O‘zbekistonga baliq mahsulotlarini yetkazib berishni oshiradi – Morozova

Yuliya Morozova: yetkazib berishda ham, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish nuqtayi nazarini shakllantirishda ham yordam berishga tayyormiz.
Sputnik
Kamchatka o‘lkasi O‘zbekistonga baliq mahsulotlarini yetkazib berishni ikki baravarga oshiradi. Bu haqda Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi hukumati raisi o‘rinbosari Yuliya Morozova Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda ma’lum qildi.
“Joriy yilda O‘zbekistondagi birinchi hamkorimizga 143 tonna baliq mahsulotlarini yetkazib berdik. Yil oxirigacha bu ko‘rsatkichni ikki baravarga oshirishni mo‘ljallayapmiz”, — dedi Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi hukumati raisi o‘rinbosari Yuliya Morozova.
“Bugungi kunda O‘zbekistonda baliq mahsulotlari iste’moli aholi jon boshiga 3 kilogrammdan sal ko‘proqni tashkil etayotgan bo‘lsa, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kamida 12 kilogrammni tavsiya qiladi, dunyo bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 20 kilogrammni tashkil etadi. Shu bois, biz, albatta, yetkazib berishda ham, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish nuqtayi nazarini shakllantirishda ham yordam berishga tayyormiz", – dedi u.
Batafsil – Sputnik O‘zbekiston videosida.