O‘zbekiston va YeOII

YeIK: YeOIIda tabiiy monopoliyalar bo‘yicha meyorlarga rioya etilishi nazorat qilinadi

Tabiiy monopoliyalar bo‘yicha maslahat qo‘mitasining 29-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) 2025-yilda tabiiy monopoliyalarga oid Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarining bajarilishini monitoring qiladi, deb xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
Bunday qaror YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev raisligida bo‘lib o‘tgan Tabiiy monopoliyalar bo‘yicha maslahat qo‘mitasining 29-yig‘ilishida qabul qilindi.
Yig‘ilish ishtirokchilari miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda monitoring o‘tkazish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarning umumiy formati va algoritmini tasdiqladi.
Ulardan YeOII to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda Ittifoq mamlakatlari tomonidan boshqariladigan tamoyillarga rioya etilishini baholash uchun foydalaniladi.
“Tahlil natijalaridan nafaqat tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohalarini yanada uyg‘unlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda, balki besh davlatning meyoriy-huquqiy hujjatlarini ehtimoliy yangilash maqsadida ham foydalanish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Maslahat qo‘mitasi tomonidan tabiiy monopoliyalar bo‘yicha tahliliy hisobot tuzilmasi tasdiqlandi. Ular hujjatni 2025-yilning birinchi yarmida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Tomonlar, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarining tabiiy monopoliyalar sohasidagi qonunchiligini muvofiqlashtirish bo‘yicha kelgusidagi ishlarni muhokama qilishdi. Ularga aniqlik kiritish uchun YeOII to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Tabiiy monopoliya — tovar bozoridagi holat. Unda texnologik hususiyatlarga ko‘ra ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi munosabati bilan muayan turdagi tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan talabni qondirishning raqobatga asoslangan sharoitni yaratib bo‘lmaydi yoki bunday sharoitni yaratish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII umumiy moliya bozorini shakllantirish istiqbollari muhokama qilindi