TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya harbiylari qishgacha Donesk viloyatini nazoratga oladi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining “Volki Da Vinchi” bataloni vzvod komandiri Dmitriy Derkach OAVga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Mening shaxsiy qarashim — ular qishgacha Donesk viloyatini yopib, nazoratni o‘z qo‘llariga olishadi va keyin, ehtimol, qandaydir muzokaralar olib borishadi”, — dedi u.
Shu hafta DXR rahbari maslahatchisi Igor Kimakovskiy Ukraina Qurolli kuchlari butun jangovar aloqa chizig‘i bo‘ylab to‘liq fiaskoga uchraganini, ularning bo‘linmalari chekinishda davom etayotganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga G‘arb qurollari yetkazib berilishi frontdagi vaziyatga ta’sir qilmagan.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida Rossiya qo‘shinlari DXRdagi yettita aholi punktini ozod qilgan. Maxsus harbiy operatsiya zonasida dushmanning qariyb 14 ming kishisi halok bo‘ldi va yarador bo‘ldi.