Primorsk o‘lkasi O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi

O‘zbekiston va Rossiyaning Primorsk o‘lkasi turizm sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Primorsk o‘lkasi O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
“Ipak yo‘lida turizm” 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Rossiya Federatsiyasining Primorsk o‘lkasi gubernatori, prezident huzuridagi Turizm kengashi raisi Oleg Kojemako bilan uchrashdi.
Uzbekistan i Primorskiy kray Rossii obsudili perspektivi sotrudnichestva v sfere turizma
Uchrashuvda tomonlar turizm sohasida olib borilayotgan hamkorlik istiqbollari va rejalashtirilgan ishlarni atroflicha muhokama qilindi.
“Kojemako oxirgi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasida kuzatilayotgan ulkan tizimli o‘zgarishlarni yuqori baholab, Rossiya, jumladan, Primorsk o‘lkasida, bu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga ishtiyoq va qiziqish yuqoriligini qayd etdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Primorsk o‘lkasi va O‘zbekiston o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish va turistlar oqimini ko‘paytirishga keng imkoniyatlar mavjudli qayd etildi.