Moskvada Rossiya va O‘zbekiston rassomlarining birgalikdagi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Rossiya rassomlari tomonidan yaratilgan 150 taga yaqin asari namoyish etildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Moskva Rassomlar uyushmasining ko‘rgazmalar zalida "Art-muloqot: madaniyatlar uchrashuvi. Rossiya – O‘zbekiston" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi ijodiy rang-baranglik va davomiylikni, mushtarak badiiy an’analarni, ikki mamlakat madaniyatlarining o‘ziga xosligi va teranligini namoyish etishdan iborat. Unda O‘zbekiston va Rossiya rassomlari tomonidan yaratilgan 150 taga yaqin asari namoyish etildi.
Mejdunarodnaya vistavka "Art-Dialog: vstrecha kultur. Rossiya - Uzbekistan"
Rossiya va O‘zbekiston rassomlari olis tog‘ qishlog‘ida, Rossiya viloyatida va Ipak yo‘lining sharqona hashamat bilan hayratga soladigan marvaridlarida ijod qilishgan. Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarni Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy markazlari bilan tanishtiradi.
Ko‘rgazmada Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, olis tog‘li hudud hayotini, tog‘larda gullagan bahor va oltin kuzni ko‘rish mumkin. Rus qadimiyligining jozibasi tog‘li qishloqning rang-barang tor ko‘chalarida, uning taxta uylari va gulzor bog‘larida aks etadi. Qadimgi rus shaharlaridagi ibodatxonalar va savdo uylarida qo‘lga kiritilgan tarix esa Buxoro, Samarqand, Xiva gumbazlari va minoralari tarixi bilan yuzlashadi.
Mejdunarodnaya vistavka "Art-Dialog: vstrecha kultur. Rossiya - Uzbekistan"
Ko‘rgazma Moskva Rassomlar uyushmasi, Rossiya Rassomlar ijodiy uyushmasining Moskva viloyati hududiy bo‘limi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va boshqalar ko‘magida tashkil etildi.