TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Maxsus operatsiyalar ehtiyojlari uchun qurol turlarining mutlaq ko‘pchiligi Rossiyada ishlab chiqariladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev "Al Arabiya" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Harbiy texnika, qurol-yarog‘, maxsus texnika, raketalar, snaradlarning mutlaq ko‘p qismi mamlakatimizda, shu jumladan, bugungi kunda biz muloqot qilayotgan korxonalarda ishlab chiqariladi”, — dedi Medvedev.
Suhbat maxsus harbiy operatsiya ehtiyojlari uchun uskunalar, shu jumladan, "Proriv" T-90M tanklarini ishlab chiqaradigan "Uralvagonzavod" korxonasida yozib olingan.
Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Barbok Yevropa Ittifoqi Eronga Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik qilgani uchun qo‘shimcha sanksiyalar joriy etishini, Xitoy esa Rossiyaga dron yetkazib bergani uchun oqibatlarga olib kelishini aytgandi. Biroq Moskva, Pekin va Tehron bu kabi ayblovlarning barchasini bir necha bor rad etib keladi.