Peskov: hozirgi qarama-qarshilik G‘arb davlatlari tomonidan qo‘zg‘atilmoqda

Zamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom press-konferensii prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta Belorussii Aleksandra Lukashenko po itogam peregovorov v Moskve.
Peskov: Vladimir Putinning yadroviy doktrinani yangilash haqidagi farmonini G‘arbga signal sifatida baholash mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Hozirgi qarama-qarshilik G‘arb davlatlari tomonidan qo‘zg‘atilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bizning doktrinamizni G‘arb davlatlari qo‘zg‘atayotgan hozirgi qarama-qarshilik sharoitlariga moslashtirish uchun o‘zgartirishlar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi", — dedi Peskov.
Prezident Vladimir Putinning yadroviy doktrinani yangilash haqidagi farmonini G‘arbga signal sifatida baholash mumkin.

"Albatta, bu yerda hech qanday tasodif yo‘q. Muayan qonuniy asos bor", — dedi Peskov.

Uning qayd etishicha, prezident doktrinani G‘arb bilan hozirgi qarama-qarshilik sharoitlariga moslashtirish uchun unga o‘zgartirishlar tayyorlash bo‘yicha topshiriq bergan.
“Ammo, shunga qaramay, Putin, birinchi navbatda, Vashingtonda ketayotgan ma’muriyat tomonidan qo‘zg‘atilgan misli ko‘rilmagan keskinlashuvga javob berishiga to‘g‘ri kelmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi matbuot kotibi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buni doimiy ravishda qilish kerak, chunki Qo‘shma Shtatlar har gal Ukraina mojarosi atrofida keskinlikni oshirib, o‘ylamasdan qadamlar tashlamoqda.
Vizit prezidenta Vladimira Putina v Kazaxstan dlya uchastiya v sammite ShOS. Den vtoroy.
Putin yadro qurolidan foydalanish tartibiga oid hujjatni imzoladi — tafsilotlar