TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi lavozimini Bahodir Qurbonov egalladi. Abdusalom Azizov Xavfsizlik kengashiga tayinlandi, deya xabar berdi DXX matbuot xizmati.
“DXXning raisi lavozimiga Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov tayinlandi. Yangi rahbarni tayinlanishi marosimida Abdusalom Azizovning davlat xavfsizligi tizimining rivojiga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, yangi tayinlangan DXX raisi Bahodir Qurbonov general-leytenant Azizovning xavfsizlik tizimining yangilanishi va yangi kadrlarni tarbiyalashdagi mehnatini alohida qayd etdi.
Abdusalom Azizov unga qaysi lavozimda ishlash buyurilmasin, xalq va prezidentga sodiq qolib ishlashga tayyorligini bildirdi.
Qayt etilishicha, Abdusalom Azizov 2019-yil fevral oyidan boshlab DXX rahbari lavozimida ishlab kelgan. Azizov O‘zbekiston DXX tizimini shaffoflik va ochiqlik tomon tubdan isloh qilishda shaxsan ishtirok etdi.