TOShKENT, 22 noya — Sputnik. "UzAuto Motors" "Kobalt" uchun 31 mingtadan ortiq shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
"Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, soat 17:00 holatiga ko‘ra, "UzAutoSavdo" platformasi orqali jami 31 097 ta shartnomalar muvaffaqiyatli tuzildi", - deyiladi kompaniya xabarida.
Shuningdek, shartnoma imzolash vaqtida "UzAutoSavdo" platformasiga taxminan 22,7 mingta kiberhujum qayd etilgan. Mazkur kiberhujumlar qaytarildi, platforma faoliyatida uzilishlar kuzatilmadi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun "Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS" hamda "Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT" modifikatsiyalari uchun shartnoma imzolash bugun soat 10:00 da boshlangan edi.
Shartnomalar faqat onlayn, "UzAutoSavdo" platformasi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Shartnomalar faqat onlayn, "UzAutoSavdo" platformasi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Shartnoma imzolagan mijozlar avtombilning dastlabki to‘lovni 7 kun ichida amalga oshirishlari kerak.