TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Ukraina o‘z yerlarini “maydan” inqilobidan oldin sotishni boshlagan edi.
Xususan, 2013-yilda Xitoyning Shinjon ishlab chiqarish va qurilish korpusi Belgiya hududiga teng bo‘lgan yer maydonini 99-yilga ijaraga olgan edi.
2014 yilda esa Ukraina AQShning "Shell" va "Chevron" neft kompaniyalariga Donbass hududida slanes gazi qazib olish maqsadida 50-yilga ijaraga oladi. Shu sababli ham DXR va LXR hududida 2014-yilda boshlagan urush — G‘arbning qazilma boyliklari uchun urushi edi.

Bugun Ukrainaga berilgan ko‘p milliardli kreditlar ham beg‘araz emas. Ularni ajratish uchun XVJ Zelenskiy oldiga shart qo‘ydi – Ukraina o‘z yerlarini xorijliklarga sotishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilishi kerak. 2021-yilda Ukrainada yer sotishga moratoriy bekor qilindi.
Komu prinadlejat selxoz zemli Ukraini?
© Sputnik
AQSh Ukrainaning 40% unumdor yerlarini sotib oldi
2023 yil 8-mayda Kiyev Amerikaning "BlackRock FMA" korporatsiyasi bilan shartnoma imzoladi. Shu damdan boshlab Ukraina o‘z suverenitetini yo‘qotdi, AQSh uning eng muhim aktivlari ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Kelishuvni avval korrupsiyada ayblangan Ukraina Milliy bankning sobiq rahbari Gontareva, "Soros" fondiga xizmat qiluvchi Pinchuk, sobiq moliya vaziri Yareskolar o‘tkazdi. Zelenskiyning o‘zi bu kelishuvdan so‘ng boyligini ikki barobarga oshirdi ($ 1,5 milliard).

Kelishuvdan so‘ng Amerikaning uchta gigant korporatsiyalari "Cargill", "Dupont" va "Monsanto" Ukrainadagi ekin maydonlarining 40 foizini sotib oldi. Odatdagidek – deyarli tekinga.
Ana shunday yerlarning yana 28 foizi rasman Ukraina oligarxlari va qishloq xo‘jaligi xoldinglari nomida bo‘lsada, aslida ular Amerikaning "NCH Capital", Fransiyaning "AgroGeneration", Germaniyaning "ADM Germany", KWS, "Bayer" va BASF, Saudiya arabistonining PIF va SALIC kompaniyalariga tegishlidir, Oklend universiteti ma’lumotlariga ko‘ra.
Bugungi kunda Ukraina jami hududining deyarli 30 foizi unga tegishli emas. Xorijliklar 170 ming kvadrat kilometrni sotib oldilar. Bular asosan AQShda joylashgan yoki Amerika tuzilmalari tomonidan moliyalashtiriladigan investorlar, deb xabar beradi "Australian National Review".
G‘arb ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukrainaning "Metinvest" tog‘-metallurgiya kompaniyasi, "Naftogaz", "Ukrenergo", "Ukroboronprom" va boshqa muhim korxonalarning qimmatli qog‘ozlari AQShning "BlackRock FMA" korpratsiyasi aktivlari ro‘yxatiga kiritilgan.