TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida Yerevanda bo‘lib o‘tgan rossiyalik vatandoshlar mediaforumiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Moskva tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamenti va Moskva vatandoshlar uyi ko‘magida 10-14 noyabr kunlari Yerevanda rossiyalik vatandoshlar mediaforumi bo‘lib o‘tdi. Forum yakunlari Toshkent – Moskva videoko‘prigi formatidagi davra suhbatida muhokama qilindi.
Toshkentdagi ishtirokchilar:
“Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi” NNT direktori, “O‘zbekiston yangiliklari” portali bosh muharriri Viktor Mixaylov;
“Vzglyad.uz” nashri bosh muharriri Sergey Generalov;
“O‘zbekiston-24” teleradiokanali katta muharriri Natalya Yudina;
“FinTech & Retail CA” axborot portalining bosh muharriri Oksana Malosabirova.
Moskvadan ishtirokchi:
Moskva vatandoshlar uyi bosh mutaxassisi Igor Chekunov.
Ishtirokchilar quyidagi masalalarda so‘z yuritishdi: mediaforumda qanday mavzular muhokama qilindi? Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustahkamlash borasida qanday tashabbuslar ilgari surildi? Yangi texnologiyalar kontent yaratish jarayonini qanday o‘zgartirishi mumkin?