Matbuot markazi

Anons: O‘zbekistonning Kamchatka o‘lkasi bilan hamkorligi muhokama qilinadi

Rossiya Federatsiyasining Kamchatka o‘lkasi hukumati raisi Yuliya Morozova ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Ertaga, 23-noyabr kuni, soat 11:30 da Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida Rossiya Federatsiyasining Kamchatka o‘lkasi hukumati raisi Yuliya Morozova ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Matbuot anjumanida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
Rossiya Federatsiyasining Kamchatka o‘lkasi O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy, ta’lim, fan va texnologiya sohalarida qanday hamkorlik qiladi?
Sanoat ishlab chiqaruvchilari o‘zaro qanday ishlaydi?
Qaysi sohalarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda?