TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Amirsoy Resort tog‘-chang‘i dam olish maskani Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansi (YeOTKA) orqali sayyohlarni jalb qilish imkoniyatini kengaytirmoqda. Bu haqida Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Ipak yo‘lida turizm” ko‘rgazmasida o‘tkazilgan anjumanda ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Amirsoy" tog‘-chang‘i kurortining YeOTKA tarkibiga kirishi rivojlanish va sayyohlarni jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Bu yil biz bir million sayyohni jalb qilishni rejalashtirmoqdamiz. Hozir faol tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgan va kelajakda oltita kurortda bitta ski-passdan foydalanish imkonini beruvchi ekotizim yaratish niyatidamiz”, — dedi "Amirsoy Resort" tog‘-chang‘i kurorti bosh direktori Rustamjon Raimjonov.
Amirsoy Resort tog‘-chang‘i kurorti bosh direktori Rustamjon Raimjonov
© Sputnik
YeOTKA bosh direktori Natalya Vishnevskaya alyansning uning a’zolariga qanday ustuvorliklar berishi haqida batafsil hikoya qilib berdi.
“Biz alyans kurortlari uchun strategiya ishlab chiqdik. U xizmat ko‘rsatishning eng yuqori standartlari, etnik-madaniy komponent, faoliyat va o‘zaro ta’sirning yangi formatlari, taassurotlarni boshqarishga asoslangan mahsulotlarni yaratish va xavfsizlikka e’tibor qaratgan holda xalqaro hamkorlikni o‘z ichiga oladi”, — dedi Vishnevskaya.
Shuningdek, u YeOTKA doirasida tog‘ turizmi sohasida hech qayerda o‘qitilmaydigan noyob kadrlar tayyorlash maqsadida korporativ universitet tashkil qilinganini ham aytib o‘tdi.
YeOTKA Toshkentda o‘z faoliyati natijalarini sarhisob qildi
© Sputnik
Undan tashqari, Vishnevskaya YeOTKA doirasida davlatlararo turistik marshrut yaratish, tog‘ klasterlarini rivojlantirish, tog‘ kurortlarida liftlar va chang‘i zonalari tashkil qilish haqida aytib berdi.
Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansi Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Janubiy Koreya hududia joylashgan oltita tog‘-chang‘i dam olish maskanlarini o‘z ichiga oladi.
Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansi Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Janubiy Koreya hududia joylashgan oltita tog‘-chang‘i dam olish maskanlarini o‘z ichiga oladi.