TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Qirg‘izistonda 20-24 noyabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida (MDH) Volontorlar harakati yiliga bag‘ishlangan Xalqaro intellektual yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik davlatlararo jamg‘armasi ma’lum qildi.
Forumda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekistondan 100 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.
"Forumda muhokama etilgan asosiy masalalar MDH davlatlarining gumanitar, ilmiy-madaniy hamkorlikning turli yo‘nalishlarida rivojlanishining asosiy resursi sifatidagi yoshlar siyosatining istiqbollari va vazifalari hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, forum fuqarolik jamiyatining asosi sifatida volontorlik fenomeniga e’tibor qaratadi", — deyiladi xabarda.
Volontorlik ishi – bu, birinchi navbatda, qo‘shma amaliy faoliyat – bu yanada ochiq va bag‘rikeng jamiyatni yaratish mumkin bo‘lgan muhim vositadir. Ijtimoiy faol yoshlarni shakllantirish Xalqaro ziyolilar yoshlar forumining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Forumda volontorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan loyihalarni ilgari surish masalalari davra suhbati va panel muhokamasi shaklida muhokama qilinishi kutilmoqda.
Forum ishtirokchilari, shuningdek, volontorlik loyihalari va ko‘ngillilar harakatida ishtirok etish tajribasi haqida ko‘rgazma tayyorlashadi. Ko‘rgazma taqdimoti forum doirasida bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, madaniy dastur doirasida ishtirokchilar qirg‘iz xalqining madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishishadi. Shuningdek, maxsus sessiya davomida ishtirokchi mamlakatlarning madaniyati ham tanishtiriladi.