TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Sankt-Peterburgda Buxoro shahrining boy madaniy merosi va zamonaviy qiyofasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Sankt-Peterburgda Buxoro shahrining boy madaniy merosi va zamonaviy qiyofasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda
© Muzey sovremennix iskusstv imeni S. P. Dagileva
Buxoro shahrining boy madaniy merosi va zamonaviy qiyofasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma Sankt-Peterburg davlat universiteti huzuridagi Sergey Dagilev nomidagi Zamonaviy san’at muzeyida ochildi. U o‘z ishini 11-dekabrga qadar davom ettiradi.
Sankt-Peterburgda Buxoro shahrining boy madaniy merosi va zamonaviy qiyofasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda
© Muzey sovremennix iskusstv imeni S. P. Dagileva
Fotoko‘rgazma buxorolik suratchilar Shavkat Boltayev va Behzod Boltayev tomonidan tashkil etildi. Unda Buxoroning 1988-2024 yillardagi hayotini aks ettiruvchi ellikdan ortiq badiiy va hujjatli suratlar namoyish etilmoqda.
Sankt-Peterburgda Buxoro shahrining boy madaniy merosi va zamonaviy qiyofasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda
© Muzey sovremennix iskusstv imeni S. P. Dagileva
O‘zbek fotograflarining asarlari shahar aholi va mehmonlariga Buxoroning o‘zi xos madaniy xilma-xilligini taqdim etadi. Tadbir mehmonlarining qayd etishicha, fotosuratchilar o‘z suratlarida jonli lahzalar va his-tuyg‘ularga alohida e’tibor qaratgan holda reportaj janri imkoniyatlaridan keng foydalangan.
Sankt-Peterburgda Buxoro shahrining boy madaniy merosi va zamonaviy qiyofasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda
© Muzey sovremennix iskusstv imeni S. P. Dagileva
Keng jamoatchilikka taqdim etilgan ushbu ko‘rgazma nafaqat madaniy almashinuvni boyitadi, balki peterburgliklarni zamonaviy O‘zbekiston bilan yaqindan tanishtirmoqda.