Rossiya bosh prokurori Toshkentga keldi — tafsilotlar

Bugun Krasnovning O‘zbekiston bosh prokuraturasi rahbari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori Igor Krasnov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bosh prokurorni Rossiya elchisi Oleg Malginov va O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev kutib oldi.
Genprokuror RF pribil v Uzbekistan s rabochim vizitom
Bugun Krasnovning O‘zbekiston bosh prokuraturasi rahbari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. U o‘z hamkasbi bilan fuqarolar huquqlarini himoya qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha keyingi qo‘shma qarorlarni ishlab chiqish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qiladi.
Ma’lumot uchun, Rossiya va O‘zbekiston prokuratura organlarining o‘zaro hamkorligi bundan 10-yildan ko‘proq avval Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar Bosh prokurorlarining 12-yig‘ilishi doirasida imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida boshlangan edi.
Ikki davlat nazorat idoralari rahbarlari turli platformalarda ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama formatda muntazam uchrashib turadi. Igor Krasnovning 2021-yil sentabr oyida Toshkentga tashrifi chog‘ida 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolangan edi. Idoralararo Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi hujjat prokuratura organlari rahbarlari tomonidan 2024-yil aprel oyida Moskva shahrida tasdiqlangan.