Kreml saroyida O‘zbekiston yulduzlari konserti qanday o‘tdi

Konsertda tomoshabinlar o‘zbek san’ati durdonalaridan bahramand bo‘lishdi.
Sputnik
Moskva Kreml davlat saroyida “O‘zbekiston yulduzlari oqshomi” konserti bo‘lib o‘tdi. Konsert Rossiyadagi O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida tashkil etildi.
Tadbirda ikki davlat madaniyat vazirlari, ishbilarmonlik doiralari vakillari, diplomatlar va san’at namoyondalari ishtirok etdi.
Konsertda O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Farrux Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, Oygul Nodirova, xizmat ko‘rsatgan artistlar Ozoda Nursaidova va Ilos Arabov tomonidan o‘zbek milliy mumtoz va estrada qo‘shiqlari ijro etishdi. Shuningdek, o‘zbek, rus xalq qo‘shiqlari, jahon opera klassikasi durdonalari yangradi.
Tomoshabinlar O‘zbekiston xalq artisti Kamolidin O‘rinboyev boshchiligidagi Davlat simfonik orkestri hamda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansambli dasturlaridan bahramand bo‘lishdi.
Saroy foyesida o‘zbek xalqi madaniy qadriyatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazma ham taqdim etildi.
Yulduzlar bu kabi tadbirlar xalqlar o‘rtasidagi madaniyat rishtalarni mustahkamlashini ta’kidlashdi
Konsertning yorqin lahzalari – Sputnik videosida.