TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 80-yilligini nishonlashga bag‘ishlangan rasmiy logotip taqdim etildi, deya xabar berdi Kreml matubot xizmati.
Poklonnaya tepaligidagi G‘alaba muzeyida G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar va rasmiy logotip taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yubiley, maxsus loyihalar va turli aksiyalar haqida batafsil ma’lumot beruvchi may9.ru 80-yilligini nishonlash rasmiy veb-sayti ishga tushirilgan.
“2025 yil yaqinlashmoqda, bu barchamiz uchun muhim yil, biz Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligini nishonlaymiz. 9-may kuni juda katta tadbir bo‘ladi. Bundan tashqari, G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan bir qancha turli tashabbuslar, aksiyalar, ko‘rgazmalar va boshqalar bor”, — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.
Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Olga Lyubimovaning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilda Buyuk G‘alabani nishonlashga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlarning asosiy joyi G‘alaba muzeyi bo‘ladi.
Bundan tashqari, yangi tadbirlar va aksiyalar rejalashtirilgan: "G‘alaba o‘qishlari", "Hamma uchun bitta g‘alaba", "Tibbiy polk" va boshqalar.