“Madaniyat bo‘yicha quyi qo‘mitalar yig‘ilishlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgani quvonarli, bu har yili hamkorlikdagi ish natijalarini sarhisob qilish va kelajak rejalarini konstruktiv muhokama qilish imkonini beradi. 2023-yil 22-may kuni Toshkent shahrida quyi qo‘mitaning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shu vaqt ichida madaniyatning barcha jabhalarida ko‘plab qo‘shma loyihalarni amalga oshirdik, hamkorligimiz prinsipial jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘rnatilgan ijodiy hamkorlikni ishonch bilan qayd etishimiz mumkin va bu yil madaniy muloqotni qo‘llab-quvvatlash yili bo‘ldi”, – dedi Lyubimova.
“So‘nggi yillarda Rossiya va O‘zbekistonning madaniyat sohasidagi o‘zaro hamkorligi yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. Ishonchimiz komilki, shu kunlarda Moskva shahrida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” madaniy hamkorligimiz tarixida alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Zamonaviy dunyoda, yangi chaqiriq va talablar paydo bo‘lganda, madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish ayniqsa muhimdir. Madaniyat har qanday tarixiy lahzada xalqlarga umid baxsh etuvchi omildir. Shu munosabat bilan o‘zaro hurmat va teng huquqlilikka asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, ikki tomon uchun qiziqarli bo‘lgan qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhim ahamiyatga ega”, – dedi Ozodbek Nazarbekov.