Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish: Andijon viloyati hokimining takliflari ma’qullandi

2025 yilda Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalar ma’lum qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po meram sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya, dalneyshego uluchsheniya investitsionnogo klimata i predprinimatelskoy sredi v Andijanskoy oblasti.
Qayd etilishicha, viloyat tumanlarida olib borilgan o‘rganishlar davomida qator takliflar aniqlangan. Masalan, Oltinko‘l va Jalaquduqdagi 600 gektarda xitoylik investorlar tomchilab sug‘orish orqali qalampir yetishtirib, qayta ishlash loyihasini boshlagan. Bu orqali gektaridan 15 ming dollarlik mahsulot eksport qilish hisob-kitob qilingan.
Paxtaobod tumanida Birlashgan Arab Amirligi kompaniyasi bilan hamkorlikda 470 gektarda gilos va rezavor mevalar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirkor investitsiya majburiyatini o‘z vaqtida bajarayotgani uchun davlatdan infratuzilma qilib berishni so‘ragan.
Viloyatdagi 4 ta parrandachilik korxonasi faoliyatini tiklab, ehtiyojmand oilalardagi 650 nafar odamni ishga olish imkoniyati aniqlangan.
Asakadagi “ADM elektriks” korxonasi avtomobillar uchun 28 turdagi sim o‘tkazgich va multimedia tizimlarini ishlab chiqaradi. “Oniks”, “Treker”, “Kia sonet” kabi modellarda mahalliylashtirish kengaytirilsa, korxonaning quvvati va daromadi oshadi.
“Yig‘ilishda Andijon viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha qaror loyihasini taqdimot qildi. Unda 2025-yilda Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
3 milliard 100 million dollar miqdorida investitsiya o‘zlashtirish, 334 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, 305 ming nafar aholi bandligini ta’minlash hamda 1 milliard dollar miqdorida eksport qilish vazifasi belgilangan.
viloyatda aholi zichligi inobatga olinib, yer masalasida imkoniyatlar yaratiladi. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan maydonlar, jumladan, qir-adirlardan jami 1 ming 800 gektar yerning toifasi o‘zgartiriladi. U yerlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish majmualari, uy-joylar barpo etiladi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po meram sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya, dalneyshego uluchsheniya investitsionnogo klimata i predprinimatelskoy sredi v Andijanskoy oblasti.
Davlat rahbari takliflarni ma’qulladi. Yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish, loyihalarni zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash, aholining bandligini va daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.