Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Ukraina harbiy aerodromlari infratuzilmasiga zarba berdi

Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlari aerodromlari infratuzilmasiga zarba berilgani haqida xabar berdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Ukraina harbiy aerodromlari infratuzilmasi va dronlar omboriga zarba berildi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari harbiy aerodromlari infratuzilmasini, gaz ishlab chiqarish va energetika obyektlarini hamda uchuvchisiz samolyotlar omboriga zarba berdi.

"Tezkor-taktik aviatsiya, hujumchi uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa kuchlari va Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari qo‘shinlari guruhlarining artilleriyasi harbiy aerodromlar infratuzilmasi, Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalarining ishlashi uchun foydalaniladigan gaz ishlab chiqarish va energetika obyektlari, uchuvchisiz uchish apparatlari ombori, shuningdek, 144 ta hududda dushmanning askarlari va harbiy texnikasi to‘planmasiga zarar yetkazdi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari Fransiyada ishlab chiqarilgan to‘rtta Hammer boshqariladigan bombani, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita HIMARS ko‘p raketa tizimi raketasini va 108 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirgan.