TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Ikki o‘zbek sablyachisi Jahon kubogining finalida bellashishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Toshkent mezbonlik qilayotgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichida yakkalik bellashuvlari yakunlandi. Yigitlar o‘rtasidagi bahslarning finalida ikki o‘zbek sportchisi oltin medal uchun jang qildi.
"Hal qiluvchi bosqichgacha barcha raqiblarini mag‘lub etgan Islombek Abdazov hamda Zuhriddin Qodirov o‘rtasidagi final ham murosasiz kechdi. Yakunda Abdazov 15:14 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi", — deyiladi xabarda.
Islombek Abdazov (O‘zbekiston)
Zuhriddin Qodirov (O‘zbekiston)
Adem Kupeli (Turkiya)
Oskar Vajda (Vengriya)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Fernanda Errera Toshkentda start olgan Jahon kubogida oltin medalga sazovor bo‘ldi.