Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari DXRda ikkita aholi punktini ozod qildi

Leninskoe posolkasi va Makarovka qishlog‘i nazorat ostiga olindi.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRda Leninskoe posolkasi va Makarovka qishlog‘ini nazorat ostiga oldi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Muvaffaqiyatli hujum harakatlari natijasida “Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining Leninskoe aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Leninskoe (2016 yilda Kiyev hukumati tomonidan Pivdennoe deb o‘zgartirilgan) — avval bir yarim mingga yaqin aholiga ega bo‘lgan posolka. Gorlovkadan bir kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan hamda Artemovo (Zalizniy) va Kirovo (Pivnichniy) bilan chegaradosh.
“Markaz” guruhi Petrovka, Dileyevka, Selidovo, Ilinka, Novogrodovka va Novodmitrovka hududlarida yettita Ukraina brigadasini mag‘lub etdi va to‘rtta qarshi hujumni qaytardi.
Shu bilan birga, “Vostok” guruhi Makarovka qishlog‘ini ozod qildi.
Makarovka — Volnovaxa tumanidagi Velikonovoselkovskaya posolkasidagi qishloq, Staromayorskiydan shimolda joylashgan. Bu Ukraina Qurolli kuchlari o‘tgan yilgi qarshi hujum paytida egallab olishga muvaffaq bo‘lgan aholi punktlaridan biridir. Makarovkani nazoratostiga olish Velikaya Novosolkaga, frontning ushbu sektoridagi Ukraina qo‘shinlari uchun muhim logistika markaziga borish imkoniyatini yaratadi.
Shu bilan birga, “Vostok” jangchilari Razliv, Velikaya Novosolka (DXR) va Novodarovka (Zaporojye viloyati) hududlarida uchta Ukraina brigadasi bo‘linmalarini mag‘lub etishdi, shuningdek, bitta qarshi hujumni qaytarishdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina askarlari yaqinlashib kelayotgan bo‘ronni his qilmoqda — OAV