TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Fernanda Errera Toshkentda start olgan Jahon kubogida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Fernanda Errera - pobeditelnitsa etapa Kubka mira po sable
© NOK
Kecha Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi boshlandi. Musobaqani qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar ochib berdi.
Fernanda Errera - pobeditelnitsa etapa Kubka mira po sable
© NOK
Fernanda Errera - pobeditelnitsa etapa Kubka mira po sable
© NOK
Barcha bahslarda raqiblaridan yaqqol ajralib turgan Fernanda Errera yakunda oltin medalga ega chiqdi. O‘zbekiston vakili finalda neytral maqomda jang qilgan Polina Mishakinani 15:13 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, turnir g‘olibiga aylandi.
Fernanda Errera - pobeditelnitsa etapa Kubka mira po sable
© NOK
Fernanda Errera (O‘zbekiston) oltin, Polina Mishakina (neytral sportchi)kumush, Kseniya Konya (Vengriya) va Mariya Tretakova (neytral sportchi) bronza medallarini qo‘lga kiritdi.