O‘zbekiston va YeOII

YeIK va Braziliya o‘rtasida yangi hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi

YeOIIning Braziliyaga eksporti 32,1 foizga oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Braziliya o‘rtasida ikki tomonlama memorandum tuzish imkoniyati ko‘rib chiqiladi, deya xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
Komissiyaning bojxona hamkorligi vaziri Ruslan Davidov Braziliya Moliya vazirligi Federal daromadlar maxsus kotibiyati Bojxona boshqarmasi boshlig‘i Klaudiya Tomaz bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar 2018-yilda tuzilgan YeIK va MERKOSUR o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida ham, ikki tomonlama munosabatlar doirasida ham hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
“Joriy yilning yanvar-avgust oylarida YeOII va MERKOSUR o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2023-yilning shu davriga nisbatan 16,7 foizga oshdi. Umumiy savdo aylanmasining 87,9 foizi Braziliya hissasiga to‘g‘ri keldi. Tovar ayirboshlash hajmi 2024-yilning 8 oyi davomida 2023-yilning shu davriga nisbatan 15,9 foizga oshdi. YeOIIning Braziliyaga eksporti 32,1 foizga yuqoriladi”, — dedi YeIK vaziri.
Ruslan Davidov YeIK va Braziliya o‘rtasida ikki tomonlama memorandum tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
“Bizni alohida qiziqtirgan hamkorlik yo‘nalishlari qatorida MERKOSURga a’zo mamlakatlar bojxona xizmatlari o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etish, shuningdek, bojxona infratuzilmasini raqamlashtirish bo‘yicha tajribani o‘rganish ham bor” , — dedi u.
YeIK vazirining aytishicha, Komissiya Braziliya tomoniga YeOIIda amalga oshirilgan shunga o‘xshash ishlar bo‘yicha materiallarni taqdim etishga tayyor.
MERKOSUR — Janubiy Amerika davlatlarining savdo uyushmasi, 1991-yilda tashkil topgan. Bugungi kunda uning tarkibiga Argentina, Braziliya, Venesuela, Paragvay va Urugvay kiradi. Uyushmaning umumiy aholisi 300 million kishidan ko‘p va umumiy YaIM 3 trillion dollardan oshadi (Braziliya umumiy YaIMning qariyb 70 foizini tashkil qiladi).
O‘zbekiston va YeOII
YeIK: YeOII ishbilarmonlik faolligining ijobiy tendensiyasini saqlab qoladi