Sankt-Peterburg dunyodagi eng go‘zal shaharlardan biri bo‘lib, u o‘z mehmonlariga qiziqarli vaqt o‘tkazish uchun ko‘plab variantlarni taklif etadi. Har bir inson qadimiy sayyohlik qadamjoylarni xaritada yaqinda paydo bo‘lgan yangilari bilan birlashtirib, o‘ziga xos qiziqarli joylarni topishi mumkin.
Sayyohlar Sankt-Peterburg bilan tanishishni Potr I davrida qurilgan barokkodan Shimoliy moderngacha bo‘lgan uch asrlik me’moriy yodgorliklar jamlangan shaharning tarixiy markazidan boshlaydilar.
Ermitaj
© Sputnik / Sergey Kompaniychenko
Mehmonlarga, shuningdek, muzeylarning badavlat bisoti va shahardagi gurkiragan madaniy hayot ham yoqadi. Peterburgning tashrif qog‘ozlaridan biri bu — Davlat Ermitajidir. Rossiyadagi eng qadimgi va eng mashhur xorijiy san’at asarlari jamlangan Ermitaj — o‘z mohiyati bo‘yicha dunyoning mashhur Luvr, Metropoliten, Britaniya muzeyi kabi muzeylar bilan bir pog‘onada turadi.
Sankt-Peterburgga sayohatni Petergof, Sarskoe selo, Pavlovsk, Gatchina kabi saroy-park ansambllariga tashrif buyurib davom ettirish mumkin. Romanovlar sulolasining sevimli qarorgohlaridan biri - Sarskoe Selodir. Uning hududida Buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin o‘qigan Sarskoe Selo litseyi, shuningdek, o‘zining Qahrabo xonasi bilan mashhur bo‘lgan hashamatli Yekaterina saroyi joylashgan. Ko‘pchilik bu sehrli makonni ko‘rishni orzu qiladi va hatto uni dunyoning sakkizinchi mo‘’jizasi deb ataydi.
Posetitelnitsa u Yekaterininskogo dvorsa v Gosudarstvennom muzee-zapovednike "Sarskoe Selo" v Pushkine
© Sputnik / Alexander Galperin
/ Sankt-Peterburgda sayohat qilish uchun keng imkoniyatlar bu bilan cheklanmaydi. Shaharda har yili yangi sayyohlik va madaniy geografiyaning kreativ joylari bilan megapolisning zamonaviy qiyofasini ochib beradigan yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Shaharda turizmning o‘ziga xos turlari ham faol rivojlanmoqda. Sayohatchilar sanoat obyektlari bo‘ylab g‘ayrioddiy ekskursiyaga tashrif buyurishlari, dam olish kunlarini sog‘lomlashtirish kurortida o‘tkazishlari yoki yangi gastronomik kashfiyotlar qilishlari mumkin.
Peterburg Rossiyaning boshqa mintaqalari bilan tanishish uchun ideal boshlang‘ich nuqta bo‘lishi mumkin. "Ikki shahar - million taassurotlar" loyihasi Sankt-Peterburg va Moskvaga tashrif buyurish bilan noodatiy yo‘nalishni tuzishga yordam beradi. Sovuq shimoliy tabiatning go‘zalligini, tarix va madaniyatning boyligini kashf etishni istaganlar uchun "Rossiyaning kumush marjonlari" deb nomlangan mintaqalari bo‘ylab sayohatlar mos keladi.
Tadbirlarni rejalashtiruvchilar uchun shahar noyob ko‘rgazma va kongress maydonchalari, turli format va toifadagi mehmonxonalar, rivojlangan transport tarmog‘i, ko‘plab ekskursiya dasturlarini taklif etadi. Har yili Rossiyaning Shimoliy poytaxtida turli miqyosdagi yuzlab biznes forumlar o‘tkaziladi. Shu jumladan, Peterburg xalqaro rotatsiya tadbirlarini o‘tkazishda katta tajribaga ega. Kongress-ko‘rgazma burosi Nevadagi shaharni ishbilarmonlik turizmi sohasida targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.
21-23 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Ipak yo‘lidagi turizm 2024" Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasidagi shahar stendida Sankt-Peterburgdagi joriy turistik takliflar haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin.