TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tahlillarga ko‘ra, jami onkologik kasalliklarning o‘rtacha 20-25 foizi ayollardagi ko‘krak bezi va bachadon saratoniga to‘g‘ri keladi. Shu bois bu borada skrininglarni kengaytirish va ularning reyestrini yuritish rejalashtirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po rannemu viavleniyu i effektivnomu lecheniyu zabolevaniy.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, gematologiya, kardiologiya, endokrinologiya kasalliklarini erta aniqlash va ularni davolash bo‘yicha uch yillik dasturlar bu yil yakuniga yetadi. Mutasaddilarga erishilgan natijalarni hisob-kitob qilib, ularning muddatini uzaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni o‘n besh oylik talab asosida xarid qilish tizimi taklif etilmoqda. Bunda kelgusi yillar uchun ehtiyojlar 1-avgustdan kechikmasdan, Davlat budjeti parametrlari bilan bir vaqtda shakllantiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po rannemu viavleniyu i effektivnomu lecheniyu zabolevaniy.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil qilinadi. Markazga 2025-yil 1-yanvardan boshlab, original dori vositalari va yopiq turdagi laborator uskunalar uchun sarflov vositalarini bevosita ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat beriladi.
Yana bir taklifga ko‘ra, donorlarni qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni olganlarga bir yo‘la beriladigan pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdorini 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi. Ularga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi, davlat sihatgohlarida davolanish navbatsiz bo‘ladi.
Ushbu yangi tizim kelgusi yil 1-yanvardan joriy qilinishi belgilandi.
O‘zbekistonda sanitariya va fitosanitariya choralari bo‘yicha Jahon savdo tashkilotini xabardor qilish tartibini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqildi.