Abxaziyada namoyishchilar parlament binosiga kirishga urinmoqda

Abxaziyada muxolifat kuchlar Rossiya bilan sarmoyaviy bitimga qarshi norozilik namoyishi boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Namoyishchilar va huquqni himoya qilish organlari orasida qisqa to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Juma kuni ertalab Abxaziya parlamenti Rossiya bilan sarmoyaviy bitimni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqishni keyingi haftaga qoldirgan edi. Ammo ushbu bitimga qarshi bo‘lgan namoyishchilar tarqalish niyatida emasliklarini e’lon qilishdi.

Ular yuk mashinasida parlament hududi devorining bir qismini buzishdi. Shundan so‘ng huquqni himoya qiluvchi kuchlar u joyni o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘sib qo‘yishdi.

Muxolifat Rossiya yuridik shaxslari tomonidan respublika hududida sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishga qarshi.
30 oktabr kuni Moskvada imzolangan kelishuv Rossiya kompaniyalariga Abxaziyada sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Abxaziya parlamentining xalqaro aloqalar qo‘mitasi rahbari Alxas Barsis avvalroq ta’kidlaganidek, Abxaziya o‘z-o‘zidan o‘z iqtisodiyotining asosiy, fundamental sohalarini tiklash uchun mablag‘ topa olmaydi.