Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda maishiy va avtokimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Zavod yiliga umumiy hajmi 8,6 ming tonnagacha bo‘lgan 200 turdagi mahsulot ishlab chiqaradi.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining kompaniyasi O‘zbekistonda maishiy va avtokimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Rossiyaning respublikadagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Rossiyaning “TD GraSS” MChJ O‘zbekistonning Toshkent viloyatidagi "Chirchiq" texnoparkida avtomobil va maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni ishga tushirdi.
“Chirchiq Rossiya-O‘zbekiston texnoparkida Rossiyaning GRASS kompaniyasining avtomobil va maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, zavod yiliga umumiy hajmi 8,6 ming tonnagacha bo‘lgan 200 turdagi mahsulot ishlab chiqaradi. Loyiha doirasida 90 ta ish o‘rni yaratildi, investitsiyalar hajmi 5 million dollardan oshdi.
Mazkur kompaniya Rossiyaning professional yuvish vositalari, shuningdek, avtokimyo va avtokosmetika ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Chirchiq texnoparkida qanday mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda - video