Toshkentda “Koshkin dom” pyesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etiladi

Yangi “Koshkin dom” spektakli premyerasi nobar oyining oxirlarida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkentda rus yozuvchisi Marshakning “Koshkin dom” (Mushuk uyi) pyesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etiladi. Bu haqda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri adabiy bo‘lim rahbari Dostonbek Rahmatullayev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida taniqli rus yozuvchisi va dramaturg Samuil Marshakning “Koshkin dom” pyesasi asosida yangi musiqali ertak spektakl sahnalashtirildi.
Noviy muzikalno-skazochniy spektakl po pyese Samuila Marshaka "Koshkin dom".
Madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash a’zolari tomonidan mazkur spektakl iliq kutib olindi va teatr repertuari uchun qabul qilindi.
“Bu asarni film variantida, boshqa teatrlarda ham ko‘rganman. Samuil Marshakning “Koshkin dom” pyesasining g‘oyasi va voqeasi juda qiziqarli. Mazkur teatrda o‘zining yangicha variantini topibdi. Ayniqsa, estetik did bilan yondashilganligi, dekoratsiyalar, kostumlar, aktorlar mahorati professional tarzda ishlangan. Rus tilidagi she’riy kompozitsiyalar va qo‘shiqlar jonli aytilayotganligi bilan alohida ajralib turadi”, — dedi Badiiy kengash a’zosi, dramaturg Hayitmat Rasul.
Pyesa muallifi Samuil Marshak, rejissor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Iskandarova, kompozitor Yelena Burova, postanovkachi rassom Yevgeniya Biserova.
Noviy muzikalno-skazochniy spektakl po pyese Samuila Marshaka "Koshkin dom".
Rollarda Nargiza Rustamova, Ulug‘bek Rustamov, Shahnoza Sultonova, To‘lqin Xolmurodov, Dilrabo Mirzayeva, Dilnavoz Ahmedova, Naufal Sulaymonov, Bahodir Ahmedov, Abdulloh Ismoilov, Fayzulla Asqarov va boshqalar.
“Koshkin dom” asari bugungi tomoshabin uchun juda qiziqarli va dolzarb mavzuda. Ushbu spektaklga mahoratli kompozitor Yelena Burova mualliflik qo‘shiqlarini yozdi, birgalikda asar ustida ishladik. O‘ylaymanki, yangi spektakl o‘z tomoshabinini topadi. Rus tilidagi maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli va tomoshabop sahna asari bo‘ladi. Ijodiy jamoaning barcha a’zolariga rahmat, Badiiy kengash a’zolari tomonidan asar muvaffaqiyatli qabul qilinganidan xursandman”, — dedi teatr bosh rejissori Malika Iskandarova.
Noviy muzikalno-skazochniy spektakl po pyese Samuila Marshaka "Koshkin dom".
Yangi “Koshkin dom” spektakli nobar oyining oxirlarida katta premyera qilinadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida rus tilida “Zolushka”, “Krasnaya shapochka”, “Serdse materi”, “Muxa-Sokotuxa”, “Schastliviy prins”, “Alladin” kabi spektakllar sahnalashtirilib, repertuarda omadli tomoshalarga aylangan.