TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qator davlat yetakchilari va tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Gvineya-Bisau prezidenti Umaru Sisoku Embolo bilan qisqa uchrashuvlar o‘tkazdi.
Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuvda yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish uchun metallurgiya, elektrotexnika, kimyo, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlash taklif etildi.
Prezident Uzbekistana provel vstrechu s Prezidentom Finlyandii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“2025 yil yanvar oyida Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi. Ta’lim va ekologiya sohasidagi almashinuvlarni mustahkamlash, shu jumladan BMTning Orolbo‘yi uchun Trast jamg‘armasi faoliyatida Finlyandiyaning faol ishtirok etishi istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Sostoyalas vstrecha Prezidenta Uzbekistana s Prezidentom Chernogorii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bokuda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP29 konferensiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev Chernogoriya prezidenti Yakov Milatovich bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
“Iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish uchun Hukumatlararo komissiya tuzish va uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yilda Toshkent shahrida biznes forumi bilan birgalikda o‘tkazish taklif etildi. Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha asosiy bitimlar tayyorlanadi, ustuvor yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga doir "yo‘l xaritasi" ishlab chiqiladi”, — deyilgan xabarda.
O‘zbekiston yetakchisi, shuningdek, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uchrashdi.
Prezident Uzbekistana podcherknul vajnost rasshireniya polnomasshtabnogo partnerstva s Islamskim bankom razvitiya
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari Islom taraqqiyot banki bilan sheriklik jadal rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. ITB bilan loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshdi, ularning 40 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri kelmoqda.
Mamlakat sanoati va tog‘-kon tarmog‘idagi yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ITBning ishtiroki yuzasidan ham fikr almashildi.
Prezident Uzbekistana podcherknul vajnost dalneyshego rasshireniya sotrudnichestva s ICESCO
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qolaversa, prezident Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi. Amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma gumanitar loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi. ICESCO bilan hamkorlik bo‘yicha milliy komissiyani tezroq tuzish muhimligi qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerteni qabul qildi.
Prezident Uzbekistana vistupil za aktivizatsiyu sotrudnichestva s Zelenim klimaticheskim fondom
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamg‘arma tomonidan O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari salohiyatini rivojlantirish va milliy moslashuv rejalarini ishlab chiqishga ko‘mak ko‘rsatilayotgani yuqori baholandi.
“Hozirgi kunda qo‘shma loyihalar portfeli 160 million dollarni tashkil etib, suv resurslarini boshqarish, "yashil" energetikani rivojlantirish, "yashil" moliyalashtirish va boshqa bir qator ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan. Bundan tashqari, 5 milliard dollarlik ikkita mintaqaviy va 500 million dollarlik uchta milliy loyiha ishlab chiqilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Innovatsion ko‘kalamzorlashtirish va yerlarni barqaror boshqarish, Orolbo‘yidagi ijtimoiy-ekologik vaziyatni yaxshilash dasturlarini amalga oshirish orqali sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.