TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRning g‘arbiy qismidagi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan Kuraxovo shahri markaziga yaqinlashmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasining suverenitet masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi, yangi hududlarni integratsiyalashuvi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi Vladimir Rogov RIA Novostiga ma’lum qildi.
Avvalroq Rogov Rossiya Qurolli kuchlari Kuraxovo sharqidagi temir yo‘l vokzali hududida mustahkamlanganligi haqida xabar bergan edi. Shaharda ko‘cha janglari ketmoqda. DXR rahbari Denis Pushilin ham Rossiya Qurolli kuchlari Kuraxovoning o‘ziga kirib borayotgani va u yerdagi Ukraina Qurolli kuchlari uchun ta’minot yo‘llarini uzib qo‘ygani haqida xabar berdi.
“Kuraxovoning o‘zida qo‘shinlarimiz shaharning sharqiy tomonidan sezilarli olg‘a siljidi. Bizning qo‘shinlarimiz markazga yaqinroq jang qilmoqda. Tashabbus yigitlarimizning qo‘lida. Shiddatli ko‘cha janglari ketmoqda. Dushman juda ko‘p sonli kamikadze-donlar yordamida javob qaytarmoqda”, — dedi Rogov RIA Novosti agentligiga.